O‘ZBEKISTONDA INDUSTRIYA 4.0 SHAKLLANTIRILISHI UCHUN MUHIT YARATISH VA KADRLAR TAYYORLASH MUAMMOLARI

Ayupov R.H., Kurbonov Z.M., Qurbonova R.Z

Abstract

Ilmiy izlanishda O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy rivojlanish bosqichida ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanshiga va faoliyatiga ta’sir qiladigan asosiy faktorlar, shu jumladan, kelajak ta’lim yo‘nalishlari ham muhokama qilinadi. Ya’ni, ushbu maqolada O‘zbekistonda Industriya 4.0 tizimlari rivojlanishing eng dolzarb masalalari, salohiyotli kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, uning asosiy muhim yo‘nalishlari va tashkil etuvchilari, bular bilan bog‘liq bo‘lgan elektron tijorat ekotizimlari, uning platformalarini yaratish masala va muammolari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Bulardan tashqari, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun kerakli bo‘lgan chora-tadbirlar hamda bu jarayonlardagi oliy ta’lim muassasalarining tutgan o‘rni har jihatdan tahlil qilinadi.