Maqolada axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga biokimyo fanidan darslarni innovatsion yondashuv asosida o‘tishda talabalar kompetentligini modellashtirish borasida olib borilgan tajriba sinov darslarining natijalari muhokama qilingan. Yetakchi guruhlarda “Lipidlar almashinuvi” mavzusidan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari turli xil usulda o‘tilib talabalardan so‘rovnomalar olingan.