GEOGRAFIYA TA’LIMIDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI YARATISHDA GOOGLE EARTH EDUCATION TA’LIM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH

Raximov I. B., Abduraxmonov B. M.

Abstract

Dunyo miqyosida mashhur ta’lim platformalarining geografiya ta’limiga integratsiyasi an’anaviy o‘qitish usullarini tubdan o‘zgartirdi. Ushbu maqolada geografiya ta’limida elektron o‘quv resurslarini yaratishda Google Earth Education platformasidan foydalanish o‘rganiladi. Tadqiqot mazkur platformaning talabalar fazoviy fikrlashini rivojlantirish, interaktiv o‘rganishni rag‘batlantirish va geografik tushunchalarning real dunyoda qo‘llanilishini ta’minlashdagi samaradorligini yoritadi. Tadqiqot natijalari, qo‘llash usullari va takliflar taqdim etiladi.