BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA “DISKUSSIYA” INTERFAOL METODINI QO‘LLASH

Ergasheva F. T.

Abstract

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish muammosi tadqiq etilgan. Bunda “Diskussiya” interfaol metodi tanlab olinib, uni dars jarayonida qo‘llash metodikasi batafsil ochib berilgan. Taklif etilayotgan yondashuv pedagogika oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilayotgan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini nazarda tutadi.