Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash tillarini o‘qitish samaradorligini oshirishda axborot-ta’lim muhitining imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan axborot-ta’lim muhitining samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borilgan hamda uning samaradorlik darajasi Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanib isbotlangan.