MEDIATA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING NAZARIY JIHATLARI VA METODIK ASOSLAR

Nekboyev X. X.

Abstract

Ushbu maqolada mediata’limga zamonaviy yondashuvlar va uning nazariy hamda metodik asoslari atroflicha yoritiladi. Mediata’lim bugungi kunda jamiyatdagi axborot oqimining katta bo‘lgani sababli ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Mediata’limdan maqsad — o‘quvchilarni mediamadaniyatni tushunishga, axborotni tanqidiy tahlil qilishga va uning turli ko‘rinishlari bilan ishlashga o‘rgatishdir. Mediamadaniyat asarlari orqali talabalar ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi, bu esa ularga kelajakda axborot bilan ishlashda mustaqil va ongli qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Maqolada ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan asosiy metodlar: tushuntirishga oid illyustrativ, evristik va tadqiqotchilik metodlari tahlil qilinadi. Ushbu metodlar yordamida o‘quvchilar mediamatnlarni chuqur tahlil  qiladi, ijodiy topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etadi va tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. Shuningdek, maqolada interfaol ta’lim texnologiyalarining mediata’limdagi o‘rni, uning auditoriya bilan o‘zaro aloqadagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqoladagi muhokamalar mediata’limning nazariy va amaliy jihatlarini to‘liq yoritishga qaratilgan.