Talabalarning mustaqil ta’lim olishi va mustaqil ishi rolini tashkil etish metodikasini takomillashtirishni tubdan qayta ko‘rib chiqish, bu bilan ularning o‘zini-o‘zi rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish va kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish hozirgi zamon ta’lim samaradorligining asosiy mezoni hisoblanmoqda. Ushbu maqolada Biologiya o‘qitish metodikasi fanidan talabalarning mustaqil ta’limini bulutli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot materallari, metodlari, natijalarining tahlillari yuzasidan tavsiya va xulosalar keltirilgan.