Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining axborot texnologiyalarga oid kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan olimlarning ishlarini tahlili keltirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning kompyuter grafikasiga oid kompetensiyalarini shakllantirish modeli va uning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanilgan.