Ushbu maqola talabalar mobil ilovalar yaratishni o‘rganishida duch keladigan asosiy muammolarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularni yechish bo‘yicha tavsiya va yondashuvlar taklif etilgan. Maqolada zamonaviy o‘quv materiallarining yetishmasligi, o‘qitish usullarining samarasizligi, amaliy rivojlanish ko‘nikmalariga yetarlicha e’tibor berilmasligi kabi asosiy jihatlar ko‘rib chiqilgan. Talabalarni axborot texnologiyalari bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan, yuqori sifatli mobil ilovalarni yaratishga oid kompetentligini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.