Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda “Elektron trenajyor”larning amaliy samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, 5-6-sinf matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda
“Elektron trenajyor”dan foydalanish taklif etilgan. Taklif etilgan “Elektron trenajyor”ni samaradorlik darajasini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borilgan hamda uning samaradorlik darajasi Styudent-Fisher kriteriyasidan foydalanib isbotlangan.