Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda axborot bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirishning ahamiyati amda qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida so‘z boradi. Mavzu bo‘yicha xorijiy va yurtimiz olimlarining fikrlari keltirilgan hamda tahlil qilingan. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlarning raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikma va bilimlarini oshirish muammolari ko‘rib chiqilgan.