JADVAL KO‘ RINISHIDAGI FUNKSIYALARNI ANALITIK IFODALASHDA TURLI AMALIY DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH

Xolmurodova Z.N., Xolmurodov T.N.

Abstract

Ushbu maqolada jadval ko‘rinishidagi funksiyalar uchun interpolyatsion ko‘phadni qurish, regressiya tenglamasini tahlil qilish, quriladigan matematik funksiya ko‘rinishini tanlashda grafik usul, analitik usul va eksperimental (tajriba) usullarini qo‘llash va baholash, xususan, funksiyalarni analitik ifodalashda kompyuter amaliy dasturlaridan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan. Ushbu metodikada eng kichik kvadratlar usuli asosida funksiyani analitik ifodalash algoritmi ishlab chiqilgan.